Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining klinik ordinatura (rezidentura)siga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlar diqqatiga!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali klinik ordinatura (rezidentura)siga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 3-sentabridan 6-sentabrga qadar (shu kuni ham) Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining magistratura bo’limida qabul qilinadi.
Talabgorlar o‘zlari bilan birga pasport yoki ID kartasi hamda bakalavr diplomi va ilovasi asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.
Mas’ul xodimlar raqami:
+998907491010
+998915182972