2025-yil 10-sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF–201-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida muhim seminar tashkil etildi.
Seminarda oilaviy shifokorlar, pediatrlar hamda bolalar salomatligi bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot xodimlari ishtirok etib, bolalarga
nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Ma’ruzachilar:
Absaatova Zulayxo Qodirovna – Pediatriya kafedrasi assistenti
Davronova Charos Luqmonovna – Pediatriya kafedrasi assistenti
Sharofiddinov Kamoliddin – Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi assistenti
Seminar davomida mutaxassislar bolalar bilan ishlashda ehtiyotkorlik, psixologik yondashuv va huquqiy bilimlar zarurligini alohida ta’kidladilar.
Farzandlarimizning sog‘lom va xavfsiz hayoti – barchamiz uchun ustuvor vazifa!