TDTU Termiz filialida umummilliy diktant o‘tkazildi
21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida umummilliy diktant tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilarning imloviy savodxonligini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya etish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Diktant g‘oliblari:
1-o‘rin — Himmatova Nodira 2-o‘rin — Sahiyeva Matluba
3-o‘rin — Qurbonova Gulshoda
G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Zero, ona tilini qadrlash — milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga sadoqat va millat kelajagiga daxldorlik ifodasidir!
Ona tilimiz — millatimiz faxri, qalbimiz iftixori!