2026-yil 15–18-oktabr kunlari Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan “Tibbiy kvest” xalqaro talabalar olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi!
“Akusherlik” yo‘nalishi — 1-o‘rin!
Jamoa a’zolari:
Qahhorova Bahor Zafar qizi
Xolmatova Dilinur Otabekovna
Jabborov Sardor Yelubay o’g’li
“Medical Quest” jamoaviy bahsida filial jomoasi – 3-o‘rin!
Umumjamoa hisobida — 3-o‘rin!
Talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi o‘qishlari va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Bugungi g‘oliblar — kechagi intiluvchan talabalar! Siz ham o‘z bilimingiz, iste’dodingiz va mehnatingiz bilan ular safida bo‘lishingiz mumkin. Balki keyingi g‘alaba aynan sizniki bo‘lar!”