Tadbir davomida hindistonlik talabalar o‘z xalqining boy madaniyati va an’analarini namoyish etib, milliy raqslar va musiqiy chiqishlar orqali ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Navratri bayrami ezgulik, yaxshilik va ruhiy kamolot g‘oyalarini o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, xorijlik talabalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni o‘zaro hurmat va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.