You are currently viewing Deputat bilan uchrashuv

Deputat bilan uchrashuv

Deputatlar uchrashuvi

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Ra’no Astanaqulova Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda filial professor-o‘qituvchilari bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim sifatini yanada oshirish, davlatimiz tomonidan ustoz va murabbiylarning mehnat hamda yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar batafsil muhokama qilindi.

Deputat saylovchilar oldida Prezidentimiz tomonidan belgilangan maqsad va vazifalarni yetkazish, hamda mahalliy ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid muhim ma‘lumotlarni aytib o‘tdi.

Deputat va professor- o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqot yakunida ta’lim sohasini yanada mustahkamlashda o‘zaro hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikrlar bildirildi.