You are currently viewing Yo‘l qoidasi-umr foydasi

Yo‘l qoidasi-umr foydasi

yo'l qoidasi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari va ustoz murabbiylari uchun yo‘l harakati qoidalariga rioya etishning dolzarbligi yuzasidan keng qamrovli uchrashuv tashkil etdi.

Tadbir davomida:

yo‘l qoidalariga amal qilmaslikning inson hayoti va salomatligiga olib keladigan jiddiy oqibatlari,
YHX qoidalaridagi so‘nggi qonunchilik o‘zgarishlari,
haydovchi va piyodalarning o‘zaro mas’uliyati,
yoshlar o‘rtasida yo‘l madaniyatini oshirishning ahamiyati keng yoritildi.

Mutaxassislar real hayotiy misollar, statistik ma’lumotlar va videolar orqali YHX qoidalariga beparvo munosabatning naqadar xavfli ekanini yana bir bor eslatib o‘tishdi.

Tadbir yakunida qatnashchilarga amaliy maslahatlar berildi, savol-javoblar o‘tkazildi va har bir fuqaro yo‘lda o‘z hayoti hamda boshqalarning xavfsizligi uchun mas’ul ekani ta’kidlandi.

Yo‘l qoidalariga rioya etish — bu nafaqat qonun talabi, balki har birimizning hayotimizni asrovchi eng muhim odatlardan biridir.