9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida filial faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbirda Termiz shaxar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i O.Qulqoraev, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazi xodimi E.Ro‘ziyev, filial Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» bo‘limi boshlig‘i M.Kurbanovlar hamda filial xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar olishdi.