2021-yildan buyon Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Akademik harakatchanlik” dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
2025-yil davomida ushbu tanlovi to‘rt marotaba o‘tkazilib, natijada 93 nafar yosh olim g‘olib deb topildi va turli laboratoriyalar hamda zamonaviy ilmiy markazlardan olti oygacha bepul foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilda o‘tkazilgan to‘rtinchi tanlovda esa jami 29 nafar yosh olim g‘olib bo‘ldi.
Ushbu g‘oliblar qatorida TDTU Termiz filiali o‘quv metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i Munisa Davronova ham o‘rin egalladi.
Ma’lumot o‘rnida g‘oliblar 18 ta zamonaviy ilmiy laboratoriyadan foydalanishlari uchun jami davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2 mlrd 150 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
Shu o‘rinda filial xodimi M.Davronovaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.