Grodno davlat tibbiyot universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali deligatsiyasi Grodno davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatni Grodno davlat tibbiyot universitetining birinchi prorektori Andrey Viktorovich Boltach va Termiz filialining 2-sonli umumiy tibbiyot fakulteti dekani Nodir Jumaqulovich Sagirayev imzoladilar.
Uchrashuv ishtirokchilari universitetlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qilishdi. Asosiy mavzular akademik mobillik, qo’shma tadqiqotlar, forumlar va boshqa o’zaro ta’sir shakllari orqali talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvini qamrab oldi
Imzolangan hujjat universitetlarga ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yaqinroq hamkorlikni o’rnatish imkonini beradi. Ushbu hamkorlik kelajakdagi shifokorlarni tayyorlashni yaxshilashga va tibbiy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam beradi.