You are currently viewing Talabalik — faqat ta’lim emas, mazmunli hayot maktabi

Talabalik — faqat ta’lim emas, mazmunli hayot maktabi

hindlar

TDTU Termiz filialida Hindiston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha chuqur bilim olishmoqda, balki bo‘sh vaqtlarini ham mazmunli va samarali tashkil etib kelishmoqda.

Ular muntazam ravishda kutubxonaga tashrif buyurib, bilimlarini boyitish bilan bir qatorda sport mashg‘ulotlarida ham faol ishtirok etishmoqda. Xususan, sport zalida voleybol va shaxmat o‘ynab, jismoniy va aqliy salomatliklarini mustahkamlashmoqda.

Talabalar o‘z milliy qadriyatlarini ham unutmadi. Hind xalqining sevimli sport turi — kriket o‘yini filialda katta qiziqish bilan tashkil etildi. Ushbu musobaqa doirasida talabalar o‘zaro bellashib, final bosqichiga qadar yetib kelishdi va yakuniy o‘yinlar yuqori ruhda o‘tkazildi.

Turli millat vakillarining bir maskanda do‘stona muhitda ta’lim olishi esa xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.