11-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda istiqbolli g‘oyalarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida talabalar o‘zlarining innovatsion va kreativ loyihalarini taqdim etib, g‘oyalarining dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda yangiligi asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Mazkur tanlov yoshlarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yangi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda eng istiqbolli g‘oyalarni keyingi bosqichlarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.