You are currently viewing Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

uchrashuv

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Rossiyaning Prejivolsk tadqiqod universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida nufuzli delegatsiya tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida mehmonlar bilan filial direktori F. Otamuradov ishtirokida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, zamonaviy tibbiy ta’lim metodlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro tajriba almashishning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, sifatli tibbiy ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.