Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, zararli illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi.
Seminarda viloyat mutasaddi rahbarlari, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralari, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarni filialning patalogik anatomiya, sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri — Babajanova Shoira O‘tkirovna olib bordi.