Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “To‘maris izdoshlari” tanlovining filial bosqichi tashkil etildi. Ushbu tanlov yosh qizlarning nafaqat bilim va zakovati, balki jasorati, liderlik qobiliyati va milliy qadriyatlarga sodiqligini namoyon etishga xizmat qildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, faollik va tashabbuskorlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ayniqsa, ularning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
Jasorat va zakovat timsoli — “To‘maris izdoshlari”!
- Post author:adm
- Post published:24.04.2026
- Post category:Xotin-qizlar kengashi tadbirlari / Yangiliklar
You Might Also Like
21-23 sentabr kunlari Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi «Tangisar» kanonida sportning alpiniada (toqqa arqon bilan chiqish) turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari Talaba Yugur Marafonida!