O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori Ismailova Gulnoza Saydig‘anixo‘jayevna TDTU Termiz filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida, jamg‘arma direktori filial talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion startap loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlarning ilmiy izlanishlari, amaliy yondashuvlari hamda sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilgan g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, filialning faollar zalida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, xorijda malaka oshirish, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga oid savollariga batafsil javob berildi. “El-yurt umidi” jamg‘armasining imkoniyatlari, tanlov jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.