You are currently viewing Yoshlar — tibbiyotning ertangi tayanchi

Yoshlar — tibbiyotning ertangi tayanchi

rahbar va yoshlar

Bugun TDTU Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich «Yoshlar kuni «munosabati bilan Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida talaba-o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tibbiyot sohasining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, shifokorlik kasbiga mehr va sadoqat bilan yondashish, inson salomatligi uchun xizmat qilishdek yuksak qadriyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.

Talaba-o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, tibbiyot sohasida muvaffaqiyat qozonish, bilim va tajribani oshirish, haqiqiy shifokor bo‘lib yetishish borasida muhim tavsiyalar oldilar. Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Bunday muloqotlar yoshlarda kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning kelajakda yetuk tibbiyot xodimlari bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.