You are currently viewing “Inson qadri — eng oliy ne’mat”

“Inson qadri — eng oliy ne’mat”

amaliyot

Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanining “Obod guzar” mahallasi hududida joylashgan 31-oilaviy poliklinikada aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

Mazkur tibbiy aksiya 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston–2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida mahalla aholisi malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, tibbiy maslahatlar, profilaktik tavsiyalar hamda zarur muolajalar bo‘yicha yo‘nalishlar berilmoqda.

Inson salomatligiga e’tibor — jamiyat taraqqiyoti va millat kelajagining mustahkam poydevoridir.