You are currently viewing Xalqaro ilmiy maydonda muhim muloqot: TDTU Termiz filialida nufuzli konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Xalqaro ilmiy maydonda muhim muloqot: TDTU Termiz filialida nufuzli konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

konfrensiya

Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Fundamental tibbiyot: nazariyotdan amaliyotgacha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida fundamental tibbiyotning dolzarb masalalari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, innovatsion yondashuvlar hamda tibbiyot ta’limidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

Anjuman ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalar va amaliy yechimlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa tibbiyot ilmini yanada rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.