You are currently viewing Unutilmas taassurotlarga boy ma’rifiy ekskursiya!

Unutilmas taassurotlarga boy ma’rifiy ekskursiya!

ekuskursiya

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligida filial professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari Toshkent shahridagi Ginnes rekordlar kitobidan oʻrin olgan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya uchun joʻnab ketishgan edi.

Bugun markazda keng qamrovli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ishtirokchilar noyob tarixiy manbalar, bebaho qoʻlyozmalar hamda zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy loyihalar bilan yaqindan tanishib, boy taassurotlarga ega boʻldilar.

Ushbu ma’rifiy tashrif barchada yurtimiz tarixi, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga boʻlgan qiziqish va faxr tuygʻularini yanada oshirdi.