You are currently viewing “Direktor kubogi” — sport va do‘stlik bayrami

“Direktor kubogi” — sport va do‘stlik bayrami

direktor

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida “Direktor kubogi” doirasida qizg‘in va murosasiz sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar davomida talabalar jamoaviy hamjihatlik, jismoniy tayyorgarlik va haqiqiy sport ruhini namoyon etib, turli sport yo‘nalishlarida faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat, raqobat va do‘stona muhitda tashkil etildi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda ularga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Direktor kubogi” nafaqat sport musobaqasi, balki talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va yoshlarni yanada birlashtirishga xizmat qiluvchi muhim tadbir sifatida ahamiyat kasb etdi.