TDTU Termiz filialida Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan “Tashabbuskor Ayol-qizlar marafoni” hamda “Qizlar Akademiyasi” platformasining targ‘ibot tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur forum oddiy uchrashuv emas — u qizlarimiz uchun o‘z salohiyatini kashf etish, yangi marralar sari dadil qadam tashlash va mustahkam aloqalar (networking) o‘rnatish uchun muhim maydonga aylandi. Tadbir davomida turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan yetuk va ilhomlantiruvchi ayol spikerlar o‘z hayotiy tajribalari, sinovlardan o‘tish yo‘llari hamda muvaffaqiyatga eltuvchi muhim omillar haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga maxsus sovg‘alar topshirildi.
Bu uchrashuv har bir ishtirokchi qiz qalbida yangi ishonch, kuch va ulkan maqsadlar sari intilish ruhini uyg‘otdi.
Tashabbuskor Ayol-qizlar marafoni
- Post author:adm
- Post published:22.05.2026
- Post category:Xotin-qizlar kengashi tadbirlari / Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiyot fanlari doktori hamda talabasi Italiyaning Talyakotsa shahrida
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari jarayonlari o‘rganildi.