You are currently viewing Direktor va yoshlar uchrashuvi

Direktor va yoshlar uchrashuvi

6-kurs talabalari bilan ochiq muloqot: muhim savollar, samimiy fikrlar va yangi maqsadlar

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich filialning Pediatriya fakultetining 6-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy va qiziqarli ruhda kechgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ta’lim, klinik amaliyot, kasbiy tayyorgarlik hamda kelgusidagi faoliyat bilan bog‘liq savollarini berdilar.

Savol-javoblarga boy kechgan muloqotda talabalar fikr va takliflarini ham erkin bildirdilar.

Filial rahbari tomonidan har bir murojaatga batafsil javob va zarur tavsiyalar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar — talabalarni tinglash, ularning fikrini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning muhim vositasidir.

Bugungi bilim — ertangi mas’uliyatli shifokor faoliyatining mustahkam poydevoridir.