Ta’lim va tarbiya uchun yaratilayotgan munosib sharoitlar — yoshlar kelajagiga qo‘yilayotgan muhim sarmoyadir.
TDTU Termiz filialida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy maskanda talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolaev, filial direktori Otamurodov Furqat Abdukarimovich, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov, faxriylar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tantana tadbirida yangi maskanning ahamiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi.
Mahmud Nomozovning dilrabo ijrosi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yangi talabalar turar joyi — yoshlarning orzulari, ezgu niyatlari va kelajakdagi maqsadlari sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir.
400 o‘rinli yangi maskan: talabalar uchun yana bir qulaylik
- Post author:adm
- Post published:08.10.2026
- Post category:Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida is gazidan zaharlanishning oldini olish va botulizm” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekistonda yagona tashkil etilgan rasmiy Porla loyihasida bepul ishtirok etib, Xalq Demokratik Partiyasidan sertifikat olishni istaysizmi?