You are currently viewing Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari oliygohlari rahbarlari QarDU faoliyati bilan tanişdi

Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari oliygohlari rahbarlari QarDU faoliyati bilan tanişdi

Bugun Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlaridagi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari hamda tegişli soha prorektorlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurib, oliygohda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, taʼlim sifatini oşiriş borasidagi islohotlar va yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrifning dastlabki manzili Tillar fakultetining zamonaviy öquv binosi böldi. Beş qavatli mazkur binoda fransuz, ingliz, koreys, nemis, rus va xitoy tillarini örganiş markazlari, Erasmus+ dasturlari ofisi, media studiya, sinxron tarjima auditoriyasi, lingafon xonalari, kutubxona, tibbiy muolaja xonasi hamda zamonaviy kompyuter xonalari faoliyat yuritadi. Öquv va laboratoriya xonalari interaktiv doskalar hamda ilğor taʼlim jihozlari bilan taʼminlangan.
Şuningdek, Germaniyada qonuniy mehnat faoliyatini olib borişni maqsad qilgan bitiruvçi talabalar uçun intensiv nemis tili kurslari yölga qöyilgan. Xitoyning Ansin pedagogika universiteti bilan hamkorlikda xitoy tilini öqitiş, professor-öqituvçilar va talabalar akademik almaşinuvini taşkil etiş işlari ham izçil davom etmoqda.
Bundan taşqari, öquv binoda PETA test markazi taşkil etilgan bölib, unda TOEFL, ITEP va SAT kabi xalqaro imtihonlarni topşiriş uçun talabalar hamda Qaşqadaryo yoşlari uçun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Mehmonlar taʼlim muhiti, xalqaro hamkorlik va talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişdilar.
Şundan söng mehmonlar universitet hududida “Loçin” futbol klubi uçun barpo etilgan, Professional futbol ligasi talablariga töliq javob beradigan zamonaviy stadionni közdan keçirdilar. 1 400 nafar tomoşabinga möljallangan stadionda zamonaviy tribunalar, sunʼiy qoplamali yuguriş yölagi hamda ikki qavatli maʼmuriy bino barpo etilgan.
Şuningdek, respublika miqyosidagi nufuzli tadbirlarni ötkazişga möljallangan va yaqinda foydalanişga topşirilgan muhtaşam Anjumanlar saroyi bilan tanişuv ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Navbatdagi manzil — Talabalarga xizmat körsatiş markazida mehmonlarga raqamli xizmatlar kölamini kengaytiriş va boşqaruv jarayonlarini takomillaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar taqdim etildi. Agar 2024-yilda markazda 43 turdagi xizmat körsatilgan bölsa, 2026-yilga kelib ularning soni 74 taga yetdi. Markaz faoliyati natijasida öquv jarayoniga oid hujjatlar raqamlaştirildi, murojaatlar soni kamaytirildi, xizmatlar tegişli platformalarga integratsiya qilindi, fakultet va kafedralar faoliyati optimallaştirildi. Şuningdek, inson omilini kamaytiriş orqali korrupsiyaviy holatlarning oldini olişga qaratilgan mexanizmlar yölga qöyildi. Taşrif iştirokçilariga markaz tarkibida “Xavfsiz hudud — xavfsiz talaba” tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan situatsion markazning vazifalari va imkoniyatlari haqida ham batafsil maʼlumot berildi.
Taşrif davomida mehmonlar Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi faoliyati bilan tanişdilar. Hududning dolzarb muammolariga ilmiy yeçimlar işlab çiqişga ixtisoslaşgan markaz tarkibida kimyo, tuproqşunoslik, yaşil energetika, nanoelektronika, mikrobiotexnologiya, fiziologiya va sunʼiy intellekt yönalişlarida tadqiqotlar olib boruvçi 7 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi.
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi nazariy tadqiqotlarni amaliy işlanmalar va tayyor mahsulotlarga aylantirişdan iborat. Şu asosda 2030-yilgaça 38 turdagi ilmiy işlanma yaratiş, 10 ta spin-off korxona taşkil etiş hamda 27 milliard sömlik iqtisodiy samaradorlikka erişiş rejalaştirilgan.
Tanişuv yakunida Yoşlar markazida seminar taşkil etildi. Unda universitet rektori D.Nabiyev sözga çiqib, Qarşi davlat universitetida amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlar, istiqboldagi rejalar va erişilayotgan natijalar yuzasidan taqdimot qildi. Qölga kiritilayotgan yutuqlar zamirida davlat rahbari tomonidan oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar muhim örin tutişi taʼkidlandi.