You are currently viewing Ayni damda talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida.

Ayni damda talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida.

   Ishchi guruh tomonidan talabalar uchun qulay maishiy-madaniy shart-sharoitlar yaratish, tashkiliy-xo‘ja!ik, huquqiy hamda ijara va yaqin qarindoshlarinikida yashovchi talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati bo’yicha suhbat tashkil etildi.

   Tashrif davomida filialda tashkil etilgan shaxmat-shashka to’garagi, Qizlarjon klubi, Talabalar teatr studiyasi, IT markaz va kutubxona faoliyati ko’zdan kechirildi.

   Shuningdek, Hindistondan kelib tahsil olayotgan talaba-qizlarning yashash sharoiti ko’zdan kechirildi.

   Yakunda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, ayrim muammolar yuzasidan takliflar berildi.