Bahor kirib kelishi bilan tabiat o‘zgacha tusga kira boshlaydi. Bobodexqonlar ketmon ko‘tarib dala ishlari bilan band bo‘ladilar.
Bu borada hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, qalamchalar ekish boshlanadi.
Ayni paytda bahorgi mavsumda ko‘chat ekish uchun yerlar ajratilib, sug‘orish tizimini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi ham o‘zlariga biriktirilgan yerda mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishdi.