You are currently viewing Biz korrupsiyaga qarshimiz

Biz korrupsiyaga qarshimiz

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 4.04.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va ularda halollik vaksinasi orqali korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTM.lari o‘rtasida tuzilgan «Qo‘shma reja» asosida TTA Termiz filiali direktori F. Otamuradov, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh.Umarxonov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash bugunning dolzarb mavzusi” mavzusida filialda davra suhbati targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

   Tadbirda so’z olganlar korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berib o’tishdi. Shuningdek, filial direktori shifokorlik sharafli kasb ekanligi, oq xalatga dog’ tekkizmaslikni, doim halol va pok yo‘lni tanlash haqida o’z fikrlarini bildirib o‘tdi.