Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G. G’oziyeva, xotin-qizlar kengashi raisi Z.Qurbonova hamda Salomatlik markazi koordinatori SH. Jo’rayevalar tomonidan «Bolalar huquqini himoya qilish va pedagok xodimlarni lavozim majburiyatlari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda bolalar huquqlari hamda pedagog-xodimlarning lavozim majburiyatlari, oʻquvchilarga nisbatan har qanday koʻrinishda jismoniy va ruhiy zoʻrovonlikni oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib bordilar.
Trening davomida “ Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “ Sog’lom turmush tarzini yoshlar o’rtasida targ’ib qilish” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, zo’ravonlikni oldini olish bo’yicha o’quvchi yoshlardan so’rovnoma olindi va ta’lim muassasi rahbaryatiga so’rovnoma natijasi taqdim etildi.