You are currently viewing Bugun Surxondaryo viloyatidagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun Surxondaryo viloyatidagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ana shunday tadbirlardan biri Denov tumanidagi 77-sonli maktabda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

      Yangi uquv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yoshlar masalalari va ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Rahmonov ishtirok etib,o‘quvchi va murabiylarni mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy qutladi. Ilk maktab ostonasiga kelgan o‘quvchilar yig‘ilganlarga vatanni tarannum etuvchi she‘rlarni aytib berishdi.

Tadbir so‘ngida TTA Termiz filiali tomonidan maktab kutubxonasiga  100 dona badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.