You are currently viewing Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun “Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya va  ftiziatriya ” kafedrasida  “Dermatovenerologiya” fanidan «Papulyoz dermatozlar. Psoriaz. Qizil yassi temiratki.” mavzusidan ochiq dars  bo‘lib  o‘tdi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun “Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya va  ftiziatriya ” kafedrasida  “Dermatovenerologiya” fanidan «Papulyoz dermatozlar. Psoriaz. Qizil yassi temiratki.” mavzusidan ochiq dars  bo‘lib  o‘tdi.

Ochiq darsda fan bo‘yicha o‘quv majmua materiallari, pedagogik texnologiyalar, “Orzular daraxti” nomli interfaol o‘yinlar, vaziyatli masalalar, test savollari, klinik va amaliy ko‘nikmalar, kasallik suratlaridan foydalanib mashg‘ulot olib borildi.

Shuningdek, talabalarga mavzuga doir asosiy tushunchalar  bilan real vaziyatdagi voqea va hodisalarga bog’langan holda savol javoblar va amaliy ishlanmalar orqali dars mohiyati yoritilib berildi.
Ochiq dars yakunida talabalar mavzu yuzasidan  o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.