“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Xotin-qizlar oʻrtasida “Eng yaxshi innovatsion loyiha” koʻrik-tanlovining birinchi bosqichiga start berilgan edi.
Tanlov doirasida viloyatimizning 200 ga yaqin xotin-qizlari tomonidan mazkur tanlovning 20 ta nominatsiyasi boʻyicha arizalar va hujjatlar kelib tushgan.
Xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi innovatsion loyiha” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblarini aniqlash boʻyicha soha mutaxassislaridan iborat viloyat ishchi guruhi aʼzolari nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilarning hujjatlarini oʻrganib chiqilib, xulosa qilindi.
Termiz davlat universitetida mazkur tanlovning 20 ta nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan 20 nafar gʻoliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kafedra mudiri Nurova Zamira hamda filial talabalari Urazova Zarina va Isaboyeva Umidaxon ushbu tanlovda g’olib deb topilib, diplomi hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilyotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ilm-fan sohasida o’zlarining innovatsion loyihalari, tadqiqotlari bilan mamlakatimiz tarqqiyotiga qo’yashotgan hissalari alohida e’tirof etildi.