Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Erta turmushga chiqish oqibatida bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyati, qolaversa yosh oilaning mustahkamligi xavf ostida qoladi.
Shu bois Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi, Хotin-qizlar kengashi raisi, dekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida «Erta turmushning oldini olish» mavzusida ijarada hamda TTJda yashovchi qizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida talaba qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatini oshirish, yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish va erta nikohning oldini olish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ana shu dolzarb mavzuga e’tibor qaratildi