Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida talaba – yoshlar o‘rtasida “Sport bizni birlashtiradi shiori ostida” “Direktor kubogi” uchun sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va raqobatga boy tarzda o‘tgan musobaqada g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblar filial direktori tomonidan diplom va vaucherlar bilan taqdirlanishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada
- Haqnazarov Parviz 1-o‘rin
- Bahodirov Shohrux 2-o‘rin
- Chorshanbiyev Azizbek 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada
- Chorshanbiyeva Laylo 1-o‘rin
- Omonova Sitora 2- o‘rin
- Qurolboyeva Adolat 3-o‘rinni egallashdi.
G’oliblarni filial jamoasi nomidan tabriklaymiz.