You are currently viewing Giyohvandlikka qarshimiz!

Giyohvandlikka qarshimiz!

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali faollar zalida soha mutaxassislari ishtirokida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida talabalar bilan davra suhbati o’tkazildi.

      Ushbu davra suhbatida giyohvandlik va psixotrop moddalar yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta ziyon yetkazayotganligi haqida gapirib o’tildi. Shu sababli bu ofatga qarshi kurash barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidlandi.

   O’zini shu yurt farzandiman, deb bilgan har bir inson bu harakatdan chetda turmasligi kerak. Mazkur jarayon umummilliy kurashga aylanmog’i shart. Shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo’lamiz!