Bahor faslining betakror ayyomi, borliqdagi yashash, yangilanishga hamohang yurtimizga kirib kelayotgan sharqona yil boshi – Navro’z bayrami munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman!
Navro’z bayrami xalqimizga xos ko‘p asrlik milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu qutlug‘ ayyom obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag’rikenglik ramzi hamdir.
Fursatdan foydalanib, sizlarni Navro‘z ayyomi bilan qutlab, xonadoningizga fayzu-baraka, quvonch va shodlik, baxtu-saodat tilayman. O’lkamizni yashnatib, har bir ko‘ngilga ezgu orzu-niyatlarni joylab kelayotgan Navro‘zi olamning zavqi, sururi yil davomida barchamizga hamroh bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligi, xalqimizning baxtli kunlari bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan, Furqat Abdukarimovich Otamuradov,
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori