Joriy yilning 23-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahri I.K. Axunbayev nomidagi Davlat tibbiyot akademiyasida tibbiyot oliy o’quv yurti talabalari o‘rtasida » I.K.Axunbayev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan I Xalqaro olimpiadasi» bo‘lib o‘tdi.
Ushbu olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali sharafini ilm-fan sohasida yuqori natijalarga olib chiqishda o’z hissasini qo’shgan quyidagi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
- Salimov Sayidaminbek – tibbiy biologiya fanidan 2-o’rin;
- Axmadova Durdona – tibbiy kimyo fanidan 2-o’rin;
- Kurbonova Sabina – patalogik fiziologiya fanidan 2-o’rin;
- Boboyorov Sardor – sud tibbiyoti fanidan 2-o’rin;
- Ulkannazarova Nazokat – fiziologiya fanidan 3-o’rin;
- Kobulov Boburbek -mikrobiologiya fanidan 3-o’rin;
- Bardin Arkadiy – odam anatomiyasi fanidan 3-o’rin;
- О‘razova Zarina – gistologiya fanidan 3-o’rin;
- Raimnazarzoda Djasur – OXTA fanidan 3-o’rin.