You are currently viewing Joriy yilning 9-iyulida mamlakatimizda  muhim siyosiy tadbir  –  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 9-iyulida mamlakatimizda  muhim siyosiy tadbir  –  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

   Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari S. Begmatov, Sh. Saidaxmatovlar hamda yuqori malakali ekspertlar Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.

Mazkur tadbirda prezident saylovining o‘tkazilish tartibi haqida uchastka komissiyasi a’zolariga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida saylov jarayonlariga oid masalalar haqida suhbat olib borildi va prezident saylovi jarayonida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda saylov o‘tkazish tartiblari haqida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.