You are currently viewing Konsitutsiya har bir inson manfaati uchun xizmat qiladi.

Konsitutsiya har bir inson manfaati uchun xizmat qiladi.

   Bugun Termiz shahar adliya bo’limi boshlig’i Abdusalim Jabborov, Fuqarolik ishlari bo’yicha Termiz tumanlararo sud raisi G’olibbek Xidiraliyev hamda Jinoyat ishlari bo’yicha Termiz shahar sudi sudyalari Sherzod Yo’ldoshev va Abduhofiz Boybiyevlar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmu-mohiyatini talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib qilish bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Inson, xalq, millat, jamiyat va davlat tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib muayyan tizim va tuzum bilan qonuniy, huquqiy asosga egadir. Ushbu huquqiy hujjat asosiy qonunimiz Konstitutsiyadir. Konstitutsiyaga nisbatan Bosh qomusimiz – or nomusimiz ramzi deyilishi ham bejiz emas. Unga e’tibor, munosabat masalasi o‘zligimizga e’tibor va munosabat demakdir.

   Tadbir davomida Konstitutsiyaning ayrim moddalariga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritilgan holda xalq hukmiga havola qilgani haqida so‘z bordi. Ochiqlik, oshkoralik, demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinayotgani haqida tushuntirish ishlari olib borildi.