You are currently viewing Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri

   Konstitutsiya-davlatning bosh, asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjati hisoblanadi. Asosiy Qonunimiz butun huquqiy tizimning rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shu bois Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

   Tadbirda TTATF direktori F. A. Otamuradov so‘zga chiqib talaba-yoshlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yurtimiz aholisi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekani haqida so‘z yuritdi.

   “Yangi konstitutsiyada oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish huquqini berilishi, ilmiy-tadqiqot mavzularini mustaqil tanlash, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar akademik erkinligini cheklanmasligi – jamiyatimiz taraqqiyotida muhim qadam bo‘ladi” deya alohida belgilab qo‘yilgan.