Inson maʼnaviy olamini yuksaltirish, ong va tafakkurini boyitishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi hamda talabalari Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyiga tashrif buyurib, «Momo yer» spektaklini tomosha qilishdi.
Spektakl davomida tomoshabinlar ham ma’naviy, ham ma’daniy xordiq chiqarishdi.