You are currently viewing Yangilanayotgan kontitutsiya  – xalq va davlat  rivojini taʼminlashga xizmat qiladi

Yangilanayotgan kontitutsiya – xalq va davlat rivojini taʼminlashga xizmat qiladi

   Ma’lumki, joriy yilning 30-aprelida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi.

    Shu bois, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ma’rifiy-huquqiy tadbir o’tkazildi. Unda Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D. Jumayev tomonidan ishtirokchilarga Qomusimizga kiritilayotgan o’zgarishlar va qo’shimchalar, shuningdek referendum o’tkazish tartibi to’g’risida huquqiy tushuntirish ishlari o’tkazildi.

   Tadbir davomida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi, bu siyosiy tadbir – referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushunchalar berildi.