Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari bilan Tibbiy radiologiya fanidan “Tayanch-xarakat tizimi kasalliklarining kompleks nur tashxisoti” mavzusida “Ochiq amaliy dars” bo‘lib o‘tdi.
Darsni kafedra assistenti Majidov Bexruz Baxromovich olib bordi. Ochiq darsda davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘.R.Fayzieva, kafedra mudiri M.Yu Jumaev, Akusherlik-ginekologiya kafedrasi assistentlari U.J Allamuratova, M.S.Xamidova va kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Darsda fan bo‘yicha o‘quv majmualari materiallaridan, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, vaziyatli masalalar, test savollari, klinik va amaliy ko‘nikmalardan foydalanib mashg‘ulot olib borildi.
Klinik fanlarda o‘qitishning 50% nazariy 50% amaliy qismiga bo‘lib o‘rgatish, o‘qitish usullaridan keng foydalanildi.