You are currently viewing Referendum uchastka komissiyasi a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi!

Referendum uchastka komissiyasi a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi!

   Bugun, 25 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda yuqori malakali ekspertlari tomonidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Referendum uchastka komissiyasi a’zolari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

   Tadbir davomida referendum to’g’risidagi qonunchilik asoslari, referendumning ahamiyati, okruglar hamda referendum o‘tkazuvchi komissiyalarni tuzish tartiblari, ularning vakolatlari haqida keng ma’lumot va tushunchalar berildi.

   Referendumni yuqori saviyada tashkil etish, umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida o‘tkazish maqsadida referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlanmoqda.