Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki, sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi.
Shu bois, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Direktor kubogi” uchun o’g’il bolalar o’rtasida volleyboll musobaqasiga start berildi!
Ushbu sport tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular orasidan bo‘lg‘usi respublika va xalqaro chempionatlari g‘oliblarini tayyorlash, sport orqali yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir.