You are currently viewing «Ta’limdagi korrupsiya-eng oliy jinoyat» mavzusida yig’ilish uchrashuvlari o’tkazildi.

«Ta’limdagi korrupsiya-eng oliy jinoyat» mavzusida yig’ilish uchrashuvlari o’tkazildi.

   Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan.

   Shu sababli, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida barcha kafedra mudirlari hamda professor o’qituvchilari orasida «Ta’limdagi korrupsiya-eng oliy jinoyat» mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

    Yig’ilish davomida ishtirokchilarga taʼmagirlik, poraxoʻrlik va korrupsiyaga oid salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan xodimlar hamda maʼsul rahbarlar lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy intizomiy jazo choralari koʻrilishi haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.