Filialda fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar, universitetlar va klinikalararo hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Hindiston davlati Dehli shahridagi Apollo HOSPITALS kilinikasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga asosan onkologiya, onkoradiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya, ginekologiya, kosmetik xirurgiya, buyrak va jigar transplantatsiyasi kabi yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
TTATF direktori Furqat Otamuradov hamda Dr. Munir Ahmad professor-o’qituvchilar bilan tajriba almashish, malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish, filialda yangi ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va ilmiy faoliyat uchun innovatsion yondashuvlarni keng tadbiq etish maqsadida ilmiy — pedagogik ishlar samaradorligi oshirilib, amaliy sog‘liqni saqlash sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirishga kelishib olindi.