Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab — quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
Ushbu uchrashuv filial talabalarining oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, yoshlar bilan yanada yaqin boʻlish, ular ichiga kirib borish, ularning muammolarini oʻrganish maqsadida tashkil etildi.
Suhbat davomida chet el davlatlari bilan imzolangan shartnomalarga binoan talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun chet davlatlaridagi universitetlariga borishlari to‘g‘risida kelishib olindi.
Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar, va takliflari bilan rahbarlarga bevosita murojaat etdilar.
Doʻstona oʻtgan uchrashuvga yigʻilgan talabalar oʻzlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar.