“Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi” kafedrasida t.f.d., dosent F.Otamuradov tomonidan “Bolalarda o‘tkir appendisit klinikasi, diagnostikasi va davosi” mavzusida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun ma’ruza o‘tkazildi.
Tibbiyotda minglab sindromlar yoki kasallik belgilari mavjud. Shulardan, bolalarda qorin og‘rig‘i eng ko‘p uchraydi. Hatto, qorin va qorin bo‘shlig‘iga umuman aloqasi bo‘lmagan tana a’zolari kasalliklari ham bolalarda qorin og‘irig‘i bilan kechishi mumkin. Qorin bo’shlig’i a’zolarining qorin soxasiga og’riq sindromini beruvchi eng ko’p uchraydigan kasalliklaridan biri o‘tkir ko‘richak (appendisit) kasalligidir.
Ma’ruza davomida appendisitning rivojlanishi, uning turlari, kelib chiqish sabablari va belgilari, tasnifi, tashxis quyish tartiblari, profilaktikasi va davolash usullari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bolalarda appendisitning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ma’ruza davomida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga slayd va ko‘rgazmalar orqali javob olishdi.