Filial jamoasi sayohatning so’ngi kunida Qadimiy Samarqandga tashrif buyurishdi va shaharning diqqatga sazovor joylaridan, Bibixonim maqbarasi hamda mahobatli Registon maydoni va unda qad rostlagan uchta madrasa, shuningdek, Samarqand cityni tomosha qildilar.
Shu bilan birga mazkur qadimiy obidalar, ziyoratgohlarning qurilishi bilan bog‘liq voqea-xodisalar va ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, sayohat davomida filial xodimlari Birinchi prezidentimiz Islom Karimov qabrlarini ham ziyorat qildilar.
Bu kabi tadbirlar natijasida xodimlar, asosan yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, ajdodlarga munosib voris bo‘lishlari xamda O‘zbekiston fuqarosi ekanligidan faxrlanish tuyg‘ulari shakllantiriladi.